World Bridge

World Bridge — O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi, litsenziyaga ega xususiy bandlik agentligi bo‘lib, xorijiy ish beruvchilar uchun malakali va ishonchli ishchi kuchini qonuniy asosda tanlab berishga ixtisoslashgan. Biz hamkorlikda shaffoflik, mas’uliyat va uzoq muddatli ishonchni asosiy tamoyil sifatida qabul qilamiz.

Hamkorlik doirasida World Bridge nomzodlarni izlash, saralash, dastlabki suhbatlardan o‘tkazish, hujjatlarni tayyorlash hamda ishga tayyor holatga keltirish jarayonlarini o‘z zimmasiga oladi. Hamkor kompaniya esa tasdiqlangan bo‘sh ish o‘rinlari va mehnat sharoitlarini taqdim etadi. Barcha jarayonlar faqat shartnoma asosida, yashirin to‘lovlar va qo‘shimcha komissiyalarsiz amalga oshiriladi.

Shuningdek, World Bridge tarkibida faoliyat yurituvchi tibbiyot texnikumi mavjud bo‘lib, u hamshiralar va o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Bu bizga tibbiyot sohasi uchun xorijiy ish beruvchilarga til bilimi va kasbiy tayyorgarlikka ega, hujjatlari to‘liq nomzodlarni yetkazib berish imkonini beradi.

Bugungi kunda sohada uchrayotgan ko‘plab firibgarlik holatlarini inobatga olgan holda, biz faqat tasdiqlangan va qonuniy kompaniyalar bilan ishlaymiz. Zarur hollarda tomonlar o‘zaro litsenziya va rasmiy hujjatlarni taqdim etadi.

10+

Yevropa va Osiyo

davlatlaridagi hamkor ish beruvchilar.

500+

Saralangan

xorijda ishlashga tayyor kadrlar.

100%

Qonuniy

Barcha jarayonlar litsenziya va shartnoma asosida.

Qurilish ishchilari

Plitkachi va suvoqchilar

Gipsokarton ustalari

Mehmonxona xodimlari

Housekeeping

Oshxona ishchilari

Restoran xodimlari

Zavod ishchilari

Ishlab chiqarish operatorlari

Omborxona ishchilari

Logistika xodimlari

Qishloq xo‘jaligi ishchilari

Issiqxona ishchilari

Tozalash xodimlari

Texnik yordamchi ishchilar

Hamshiralar

Parvarish xodimlari