Germaniya,Frankfurt

Job Fair 2025

Baxromov Bexruz

Yangiliklar:

Germaniyaning Frankfurt-Main shahrida o‘tkazilgan Job Fair 2025 xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi va Xususiy bandlik agentliklari uyushmasi hamkorligida yurtimiz mutaxassislari uchun Yevropada yangi ish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan muhim tashabbuslar amalga oshirildi.

Mazkur forumda Worldbridge xususiy bandlik agentligi rahbari Baxromov Bexruz faol ishtirok etdi. U Yevropaning Germaniya, Polsha, Slovakiya va Bolgariya kabi davlatlaridan tashrif buyurgan ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zaro hamkorlik memorandumlarini imzoladi.

Baxromov Bexruzning ta’kidlashicha, ushbu forum O‘zbekiston fuqarolari uchun Yevropa mehnat bozoriga chiqish, o‘z kasbiy salohiyatini namoyon etish va yuqori maoshli, munosib ish o‘rinlarida faoliyat yuritish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Worldbridge agentligi tomonidan imzolangan yangi kelishuvlar nafaqat O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun, balki xorijiy ish beruvchilar uchun ham ishonchli hamkorlik tizimini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu orqali O‘zbekistonning malakali ishchi kuchi xalqaro miqyosda o‘z o‘rnini topish imkoniga ega bo‘ladi.

Worldbridge jamoasi o‘z faoliyatini xalqaro standartlarga mos ravishda olib borib, fuqarolarimizning qonuniy, xavfsiz va shaffof mehnat migratsiyasi yo‘nalishida manfaatlarini himoya qilishni eng muhim vazifa deb biladi

services
services
services